09:58, Fevral 26, 2026
/
573

SAT dan yuqori ball sohiblari oliygohga kirish imtihonlaridan ozod qilinadi, faqat…

SAT dan yuqori ball sohiblari oliygohga kirish imtihonlaridan ozod

Joriy yildan boshlab “Scholastic Aptitude Test — SAT” xalqaro imtihonida 1200 ball va undan yuqori ball olgan abituriyentlar imtihonsiz toʻgʻridan toʻgʻri qoʻshimcha grant asosida oʻqishga qabul qilinadi. Bu haqida 25-fevral kuni Bilimni va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Ammo bunda SAT imtihonini topshirganingizdan so‘ng qo‘lingizdagi qog‘oz yoki PDF sertifikatni shunchaki Bilim va malakalarni baholash agentligiga olib borishingiz yetarli emas. Tashkilot natijangiz haqiqiy ekanligini tekshirishi kerak.

Buning uchun siz SAT tashkilotchisi bo‘lgan College Board saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ballaringizni “O‘zBMB ga to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron ravishda yuborishingiz kerak. Buning uchun maxsus DI kod ishlatiladi. Ishtirokchi imtihon arafasida yoki oldinroq kodni akkauntiga biriktirib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari