08:43, Mart 3, 2026
/
586

Yangi islohot: endi O‘zbekistonda oliygohlarning milliy reytingi shakllantiriladi

28-fevral kuni Adliya vazirligi Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Bunda davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan amaliy fanlar, tibbiyot fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ijod (sport). kabi 4 ta toifa bo‘yicha milliy reytingga kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Reyting natijalari har yili 1-noyabrga qadar (o‘tgan yil uchun) e’lon qilinadi.

Bunda har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-o‘qituvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma va xalqaro ekspertlar o‘rtasida xalqaro obro‘ni baholashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkaziladi. Umummilliy so‘rovnoma talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi hamda taʼlim va boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy so‘rovnoma asosida aniqlanadi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu so‘rovnoma natijalari inobatga olinishi uchun oliygohlardagi talabalar va professor-o‘qituvchilarning kamida 20 foizi so‘rovnomada ishtirok etishi lozim.

Bundan tashqari, xalqaro miqyosda tan olingan THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings) va 4 QMMB: 10/26/3783/0179-son 02.03.2026-y. ARWU (Academic Ranking of World Universities) tashkilotlarining xalqaro oliy ta’lim tashkilotlari reytingida (sohalar bo‘yicha reytinglar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasi nomidan o‘rinlarni egallagan ta’lim tashkilotlari bo‘yicha milliy reyting alohida yuritilishi mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari