09:31, Mart 16, 2026
/
258

Yana bir xalqaro stipendiya dasturi uchun qabul davom etmoqda

Umumiy mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadigan QS ImpACT Scholarships xalqaro stipendiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda. Dastur akademik yutuqlarni jamiyat taraqqiyoti va global muammolarni hal etishga qoʻshiladigan real hissa bilan uygʻunlashtirishga intilayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Ishtirok etish uchun dunyoning turli universitetlarida bakalavriat, magistratura va MBA dasturlarida oʻqishni rejalashtirayotgan talabalar taklif etiladi. Stipendiyalar akademik yetakchilik, ijtimoiy masʼuliyat va jamiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlovchi 7 ta yoʻnalish boʻyicha taqsimlanadi.

Dasturning eng yirik grantlari orasida quyidagilar bor:

$10 000 — MBA Leadership Scholarship;

$10 000 — magistrantlar uchun Academic Excellence Scholarship;

$10 000 — jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi uchun Social Responsibility Scholarship.

Shuningdek, qoʻshimcha grantlar ham mavjud:

➖Womenʼs Scholarship — $5 000;

➖Undergraduate Scholarship — $5 000.

Shartlar hamda batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishasiz.

Fikrlar (0)
Avval yangilari