12:42, Mart 30, 2026
/
95

“Yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi

“Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash maqsadida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “yashil” texnikumlarda ta’lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta’lim agentligi tasdiqlaydigan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi.

Bunda texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi. Universitetning 1-bosqichida o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich o‘quv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi. Ularni muvaffaqiyatli bitirgan, ingliz tilidan kamida B2 darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar o‘rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi.

“Yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta’sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2026-yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mitasi bilan kelishiladi. 2026-yil 1-maydan “10 ming qadam piyoda” tajribasi qayta tiklanadi hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, quyidagi darajalarda “Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi:

maktab o‘quvchilari o‘rtasida III darajali “Yosh ekolog”;

texnikum o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida II darajali “Yosh ekolog”;

xalqaro va mahalliy miqyosda yuqori natijalarga erishgan yoshlar o‘rtasida I darajali “Yosh ekolog”.

Fikrlar (0)
Avval yangilari