08:29, Iyun 9, 2026
/
372

Barcha oliygohlarda «Tadbirkorlik asoslari» fani o‘qitiladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fani joriy etiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyevga oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

Yangi fan orqali talabalar biznes yuritish sirlarini o‘rganadi, tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishadi hamda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladi.

Mazkur tashabbus yoshlarni o‘qish davridayoq ishbilarmonlik faoliyatiga tayyorlash va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari