Farg‘ona davlat texnika universiteti akkreditatsiyasidan o‘tdi

Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi Yevropa Ittifoqining eng nufuzli xalqaro tashkilotlaridan biri ASIIN tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Universitetning:
— 60730300 – Qurilish muhandisligi
— 60721500 – Geodeziya va geoinformatika
— 60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi
— 60730100 – Arxitektura yo‘nalishlari xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ma‘lumot o‘rnida, ASIIN akkreditatsiyasi universitet va talabalar uchun quyidagi afzalliklarni beradi:
Diplomning xalqaro tan olinishi – bitiruvchilarning diplomlari xorijiy universitetlar va ish beruvchilar tomonidan ishonchliroq qabul qilinadi.
Ta’lim sifati kafolati – o‘quv dasturlari xalqaro talablar asosida baholanadi va takomillashtiriladi.
Akademik mobillik imkoniyatlari – talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etishi osonlashadi.
Xorijda magistratura va doktoranturaga kirishda ustunlik – akkreditatsiyadan o‘tgan dastur bitiruvchilariga qo‘shimcha ishonch uyg‘otadi.
Mehnat bozorida raqobatbardoshlik – ish beruvchilar bunday dasturlar bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini yuqori baholaydi.
Universitet reytingi va obro‘sining oshishi – xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya jarayonlari to‘liq Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.