14:38, Iyun 9, 2026
/
466

“GʻoyaLab” loyihasining 1-mavsumi yakunlandi

Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi “Ziyo Forum” tomonidan yoshlarning innovatsion, ijtimoiy va amaliy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “GʻoyaLab” loyihasining ilk mavsumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Final bosqichida yoshlar taʼlim, texnologiya, ekologiya va inklyuziya kabi yoʻnalishlardagi oʻz gʻoyalarini aniq mexanizmlarga ega loyiha sifatida ekspertlar va mentorlar hayʼati oldida oflayn taqdimot qildilar.

Tanlov davomida Oʻzbekiston boʻylab yoshlardan 150 ga yaqin ariza qabul qilindi. Saralash jarayonidan soʻng 40 ga yaqin individual hamda jamoaviy loyihalar final bosqichiga yoʻllanma oldi. Ekspertlar xulosasiga koʻra, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarga eng yaxshi amaliy yechim taklif etgan “SignGuide” hamda “PowerGlass” loyihalari “GʻoyaLab” 1-mavsumining gʻoliblari deb topildi va maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari