11:37, Iyun 11, 2026
/
335

Talabalar 1978-1981-yillarda qurilgan binolarda yashamoqda

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida Namangan viloyatidagi OTMlarda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022–2025-yillarda davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida 77,9 mingta yangi yotoq o‘rni yaratildi. Hozirda respublika bo‘yicha 391 ta talabalar turar joyi faoliyat yuritib, 159 mingdan ortiq talabani joylashtirish imkoniyatiga ega.

Biroq qator muammolar ham mavjud. Ya’ni Namangandagi 5 ta nodavlat OTMning 4 tasida talabalar uchun yotoqxona qurilmagan. Ayrim davlat xususiy sherikchilik asosidagi yotoqxonalarda sanitariya-gigiyena sharoitlari talab darajasida emas. Namangan davlat pedagogika instituti yotoqxonalari 1978–1981-yillarda qurilgan bo‘lib, zamonaviy talablarga javob bermaydi.

Hozirda talabalarni turar joy bilan ta’minlash darajasi 57 foizni tashkil etmoqda.

Sizningcha, talabalar uchun eng katta muammo nima: yotoqxona yetishmasligi, ijara narxlarining qimmatligi yoki mavjud sharoitlarning talabga javob bermasligimi?

Fikrlar (0)
Avval yangilari