12:17, Iyun 11, 2026
/
391

“VoiceUP”: har bir yoshning ovozini eshituvchi inklyuziv loyiha 


Ayni kunlarda Samarqand shahrida xalqaro “Fikringni ber! (VoiceUP)” inklyuziv yoshlar oromgohi mazmunli tarzda davom etmoqda.

“VoiceUp” – har bir yoshning ovozi teng eshitiladigan, ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan samimiy va inklyuziv loyihadir. Uning asosiy maqsadi jamiyatdagi sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tib, imkoniyati cheklangan yoshlar va ularning tengdoshlari o‘rtasida chinakam do‘stlik ko‘prigini qurishdan iborat. Bu o‘ziga xos muhitda yigit-qizlar jamoa bo‘lib ishlashni, bir-birlarini boricha qabul qilishni o‘rganadilar. Xulosa qilib aytganda, ushbu loyiha yoshlarga o‘z g‘oyalari bilan jamiyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish va porloq kelajakni birgalikda yaratish uchun o‘ziga xos qanot bag‘ishlaydi.

Asosan Yoshlar ishlari agentligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etiladigan loyiha tashkilotchilar safida Ilm va fan ta’lim tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi ham bor. Bu kabi xayrli loyihalar tashkilotchilarining ortishi ularning davomiyligini oshirib, mazmunli o‘tkazishga yordam beradi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari