08:43, Iyun 15, 2026
/
552

Sertifikatga ega talabalarga “perevod” paytida maksimal ball beriladi

Hukumatning 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha yangi ma’muriy reglament tasdiqlandi.

🎓 Asosiy yangilik nima?

Xorijiy va nodavlat universitetlardan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda muhim qulaylik yaratilmoqda. Endilikda chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoxud xalqaro sertifikatga ega talabalarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🗓 Arizalar qachon va qayerda qabul qilinadi?

  • Muddat: Har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar.
  • Qabul tizimlari: Yagona portal (YAIDXP), Bilim va malakalarni baholash agentligining (vakolatli organ) maxsus elektron platformasi yoxud Davlat xizmatlari markazlari orqali.

⏳ Jarayon qanday kechadi?

  • Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi.
  • Arizani qabul qilish yoki rad etish haqidagi xabarnoma YAIDXP yoki maxsus platforma orqali onlayn yuboriladi.
  • O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga taqdim etiladi.

🚫 Ariza qanday holatlarda rad etiladi?

  • So’rovnomada talab qilingan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
  • Noto‘g‘ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar kiritilganligi aniqlanganda;
  • Belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda.

(❗️ Eslatma: O‘qishni mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga ko‘chirish tartibi hamda ariza to‘lovining aniq miqdorlari qonunchilikdagi tegishli me’yorlar asosida amalga oshiriladi).

Fikrlar (0)
Avval yangilari