10:36, Iyun 19, 2026
/
392

Qozog‘iston oliygohlari o‘zbekistonliklar uchun qabul boshladi!

Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi 2026–2027-o‘quv yili uchun o‘zbekistonlik yoshlarni oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida tahsil olishga taklif qilmoqda.

Dastur doirasida ajratilgan o‘rinlar:

  • Bakalavriat uchun 10 ta o‘rin.
  • Magistratura uchun 10 ta o‘rin.

Ariza topshirish uchun nimalar kerak?

Nomzodlar pasport nusxasi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom), tibbiy ma’lumotnomalar, motivatsion esse hamda tavsiyanoma kabi hujjatlarni tayyorlashlari lozim. Shuningdek, qo‘shimcha hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

Muhim qoidalar:

1. Ariza topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 30-iyun.

2. Hujjatlar yuborilgandan so‘ng tanlangan yo‘nalish yoki mutaxassislikni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

3. Hujjatlar PDF formatida a.bulekbaeva@sci.gov.kz elektron manziliga yuborilishi kerak.

Qo‘shimcha tafsilotlar va aniq hujjatlar ro‘yxati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari