Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 74 yoshli otaxon magistr bo‘ldi

Jizzax davlat pedagogika universitetida 74 yoshli magistrant magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Sport sohasiga 40 yildan ortiq umrini bag‘ishlagan Umarali Jo‘rayev 74 yoshida ham ilm-fan va ta’limga bo‘lgan intilishidan voz kechmagan.
Yaqinda Umarali Jo‘rayev magistratura bosqichidagi tahsilini yakunlab, magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatidan bo‘lgan 58 yoshli talaba Erkin Madrahimov haqida ham xabar bergan edik. U Buxoro davlat tibbiyot institutining “Xalq tabobati” yo‘nalishida tahsil olib, o‘z nevarasi bilan bir kursda o‘qiydi.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти