Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Savol:O‘zbek tilida olingan milliy sertifikat rus guruhiga o‘tadimi?

Javob: Bu sertifikat qaysi fan bo‘yicha olinganiga bog‘liq. Agar sertifikat ona tili va adabiyot fanidan olingan bo‘lsa, u faqat shu tildagi ta’lim yo‘nalishlari uchun amal qiladi. Masalan, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan olingan milliy sertifikat rus tilidagi ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganda inobatga olinmaydi.
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlarda esa imtihon qaysi tilda topshirilganining ahamiyati yo‘q. Bu sertifikatlar ta’lim tilidan qat’i nazar qabul jarayonida inobatga olinadi.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти