08:01, Iyun 25, 2026
/
584

OTMlarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni

Bugun, 25-iyun kuni 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi yakunlanadi.

Hozirgacha, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 681 450 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlarga majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash tavsiya etiladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar:
 Ona tili
Matematika
O‘zbekiston tarixi

Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishni so‘nggi daqiqalarga qoldirmang! Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari