Samolyot qulashi oqibatida 5 nafar talaba halok bo‘ldi

Fransiyada samolyot qulashi oqibatida 5 nafar talaba va 5 nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi.
Fransiyaning shimoli-sharqidagi Tomblayn shahrida parashyutchilarni olib ketayotgan Pilatus PC-6 rusumli kichik samolyot halokatga uchradi. 28-iyun kuni sodir bo‘lgan ushbu voqea oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoda ketayotganda to‘satdan dvigateli o‘chib qolgan va ortidan kuchli portlash ovozi eshitilgan.
Samolyot aerodrom yaqinidagi o‘tloqqa qulagan. Hududda hech qanday bino yoki odamlarga zarar yetmagan.
Voqea joyida Fransiya Ichki ishlar va Transport vazirlari ish olib bormoqda. Maxsus xizmatlar tomonidan halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha texnik tergov boshlandi.