16:04, Iyun 29, 2026
/
739

Diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2026–2027-o‘quv yili uchun 30-iyundan 20-iyulgacha diniy ta’lim oliygohlariga qabul boshlanishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, quyidagi diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilinadi:

– Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (bakalavr, magistratura va modul ta’lim);
– Mir Arab oliy madrasasi;
– Hadis ilmi maktabi;
– Imom Termiziy nomidagi islom instituti va barcha o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga qabullar davom etadi.



Oliy diniy ta’lim muassasalari bakalavr bosqichiga o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);



Xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
– Shuningdek, bunda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi)
.Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi.

Chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun).



Toshkent islom institutining magistratura bosqichiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan talabgorlar Qabul hay’atiga
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– oliy diniy ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
– arab tili bo‘yicha kamida C1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasi (asli ko‘rsatiladi)ni taqdim etadi. Mazkur – sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi.



Toshkent islom instituti Modul ta’lim tizimiga o‘qishga kirish uchun talabgorlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi asl nusxada;
– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
– ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, viloyatlar va Toshkent – – shahar vakilidan tavsiyanoma;
– mehnat daftarchasi nusxasi (tasdiqlangan holda).



Ma’lumot o‘rnida, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish istagidagi abituriyentlar o‘zlariga yaqin bo‘lgan diniy ta’lim muassasasining qabul hay’ati orqali respublikadagi istalgan diniy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishlari mumkin.

Diniy ta’lim muassasalarining test sinovlarida Test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 0,5 baravari (206 000 so’m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Joriy yilda maktab, akademik litsey yoki kollejni tamomlab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirayotgan abituriyentlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan va to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar ushbu to‘lovdan ozod etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari