08:29, Iyun 30, 2026
/
354

Jamoat xavfsizligi universitetida qabul kvotasi oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 

Unda Jamoat xavfsizligi universitetining kunduzgi ta’lim kvotasini 600 nafargacha, masofaviy ta’lim kvotasini esa 300 nafargacha oshirish haqida ham so‘z bordi.

Universitetda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishi va kafedrasi tashkil qilinib, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar, bozor va savdo majmualari bo‘yicha profilaktika inspektorlari tayyorlanadi.

Ta’lim jarayoniga xavf-xatar tahlili, geoaxborot tizimlari, dron va robototexnika, profayling, konfliktologiya, muammoli sotsiologiya, ochiq manbalardan foydalangan holda raqamli tahlil, oilaviy mediatsiya kabi yangi fanlar kiritiladi.

Bundan tashqari, ta’lim jarayoni «o‘qish – amaliyot – faoliyat» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yilib, bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlari amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtiriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari