08:38, Iyun 30, 2026
/
337

Yoshlar kuni munosabati bilan  taqdirlangan talabalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga ko‘ra, Yoshlar kuni munosabati bilan ilm-fan, ta’lim va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganlar:

Azatova Shaxzoda Alisher qizi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali 4-bosqich talabasi;
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi – Andijon davlat pedagogika instituti 1-bosqich doktoranti;
Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi – Bojxona instituti o‘qituvchisi;
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 2-bosqich kursanti.

“Kelajak bunyodkori” medali egalarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (4 mln 120 ming so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar:

Istamov Hayot Yo‘lchiyevich – Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li – Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi;
Larin Yevgeniy Alekseyevich – Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi;
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li – Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti;
|Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li – Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.



Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (20 600 000 so‘m) miqdorida pul mukofoti ham beriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari