“Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Yangi o‘quv yilidan axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi stipendiyalar joriy etiladi.
“Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga beriladi.
Muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida o‘qiyotgan iqtidorli qizlar uchun “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi.
Yangi o‘quv yilidan ushbu stipendiyalar davlat oliygohlari bilan bir qatorda xususiy OTMlar talabalari uchun ham amal qiladi.
AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-bosqich talabalari o‘qishni IT Parkda dual ta’lim asosida davom ettiradi.
Hozirda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 200 million so‘m mukofot olmoqda.
Endilikda ushbu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning ustozlariga ham tatbiq etiladi.