10:49, Aprel 4, 2025
/
140

Avstriyada dunyoda birinchi bo’lib sun’iy intellekt rasman talaba sifatida qabul qilindi.

Tasavvur qilyapsizmi, robot kursdoshingiz bo’lsa, u siz bilan birga o’qishi, baho olishi, hattoki «otchislena» bo’lishi ham mumkin.
Vena Amaliy San’at Universiteti “Flynn” ismli nobinar sun’iy intellektni (SI) Digital Art dasturiga qabul qildi. Flynn oddiy qabul jarayonidan o’tdi: portfolioni topshirdi, suhbatdan o’tdi va talablarga javob berishini isbotladi.

Flynnni yaratuvchilarning ta’kidlashicha, u mavjud yirik til modellaridan foydalanib yaratilgan. Bu esa unga o’qituvchilar va kursdoshlari bilan muloqot qilish imkonini beradi. SI ma’ruzalar va darslardagi muloqotlarni o’z algoritmini o’rgatish uchun ma’lumot manbai sifatida ishlatadi.
“Shunday qilib, Flynn foydalanuvchilar, o’qituvchilar, talabalar va u muloqot qiladigan barcha odamlar bilan yangi muloqotda doimiy ravishda takomillashib boradi”, – deydi Flynnni yaratuvchilardan biri, talaba Chiara Kristler.

Flynn darsda bo’layotgan har bir narsani tinglashi, ma’lumotlarni qayta ishlashi va ma’lumotlar bazasiga yuborishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, SI dars paytida boshqa talabalarni chalg’itmaslik uchun faqat so’rov bo’yicha gapiradi.

Rasmiy ro’yxatdan o’tish 2025-yilning kuzida boshlansa ham, Flynn alohida darslarda ishtirok etishni allaqachon boshladi. Kampusdagi SIga munosabat fakultetga qarab turlicha. Ishlab chiquvchilar Flynn “SI tarafdorlari va qarshilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga” yordam berishiga umid qilmoqda.

“Men turli xil fikrlarni payqadim. Shuning uchun biz Flynnni darslarda oldindan ishtirok ettirishga qaror qildik, shunda talabalar va SI o’rtasidagi muloqotlar qanday o’tishini tushunib olamiz”, – deydi Vena Amaliy San’at Universitetining Digital Art kafedrasi mudiri Liz Haas.

Fikrlar (0)
Avval yangilari