08:46, Iyul 2, 2026
/
1,3 тыс

“Yurisprudensiya” yo‘nalishida magistraturaga qabul e’lon qilgan universitetlar bilan tanishing

Huquqshunoslik sohasi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtirayotgan mutaxassislar va bitiruvchilar diqqatiga! Respublika bo‘yicha qator oliy ta’lim muassasalarida “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha qabul jarayonlariga start berildi.

Qabul e’lon qilgan universitetlar:

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyati mavjud:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)
  • Cyber University
  • Jamoat xavfsizligi universiteti
  • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
  • O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
  • O‘zbekiston Milliy universiteti
  • Farg‘ona davlat universiteti
  • Termiz davlat universiteti
  • Namangan davlat universiteti

Qabul muddati va tartibi:

  • Oxirgi muddat: Magistratura bosqichiga hujjatlar joriy yilning 30-iyuliga qadar qabul qilinadi.
  • Onlayn platforma: Nomzodlar qabul jarayonlarida ishtirok etish uchun ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, hujjatlarini bevosita my.edu.uz elektron platformasi orqali masofaviy (onlayn) tarzda topshirishlari mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari