09:11, Iyul 3, 2026
/
337

Endi hokimlar muammolarga yechim topgan yoshlarni mukofotlaydi

30-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda qator yirik loyiha va tashabbuslar e’lon qilindi. Endilikda yoshlarning innovatsion g‘oyalari nafaqat eshitiladi, balki yirik venchur jamg‘armalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtiriladi.

“1 mingta masalaga yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasi

Endi barcha vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar o‘z tizimidagi eng dolzarb muammolarni maxsus ochiq platformaga joylashtirib boradi. Bunga eng yaxshi, kreativ va samarali yechim taklif qilgan yoshlar alohida mukofotlanadi.

Startaplar uchun katta moliyalashtirish

Ma’lum qilinishicha, 2030-yilgacha mamlakat iqtisodiyoti hajmini 240 milliard dollarga yetkazish reja qilingan bo‘lib, buning uchun yangi g‘oyalarga asoslangan startaplar juda muhim. Shu maqsadda quyidagi moliyaviy imkoniyatlar yaratilmoqda:

  • Venchur jamg‘armalar: Har bir hokim va vazir kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil qiladi.
  • Eng yaxshi 20 ta loyiha: Ushbu mablag‘lar doirasida tanlab olingan eng zo‘r 20 ta startap g‘oyadan tortib to amaliyotgacha to‘liq moliyalashtiriladi.
  • 1 milliard so‘mlik investitsiya: Yoshlar ishlari agentligi biznes, IT va kreativ iqtisodiyot sohasidagi 100 ta eng ilg‘or loyihani tanlab olib, ularning har biriga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida: So‘nggi 9 yil ichida mahalliy startap ekotizimi 15 barobarga o‘sib, 4 milliard dollardan oshgan. Hozirda umumiy kapitali 200 million dollar bo‘lgan 23 ta venchur jamg‘armasi mavjud bo’lib, 3 mingdan ziyod yoshlar bu yo’nalishda yuqori daromad topmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari