11:23, Iyul 6, 2026
/
327

«O‘qishga kiritib qo‘yaman» degan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs 5 000 AQSH dollari (59 953 125 so‘m ) olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, firibgar Toshkent kimyo-texnologiya institutida mas’ul lavozimda ishlashini aytib, abituriyentni o‘qishga kiritish evaziga pul talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish yoki pora olish bilan bog‘liq jinoyat) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shu o‘rinda, muhim eslatma Oliy ta’lim muassasasiga pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yish va’dalariga ishonmang! Bunday holatlarga duch kelsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling.

Fikrlar (0)
Avval yangilari