07:50, Iyul 8, 2026
/
278

Oliy ta’lim va mehnat bozori: 1,5 million talaba uchun yetarli bo‘sh ish o‘rni bormi?

Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida jami 1 mln 535 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 1 mln 478,7 ming nafari bakalavriat, 56,3 ming nafari esa magistratura bosqichiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p talaba Toshkent shahrida (579,3 ming nafar), Buxoro viloyatida (117,7 ming nafar) va Qashqadaryo viloyatida (111,6 ming nafar) tahsil olmoqda. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyati (23,2 ming nafar), Jizzax viloyati (32,4 ming nafar) hamda Navoiy viloyatida (42,5 ming nafar) qayd etilgan.

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha: Toshkent viloyati – 101,5 ming, Farg‘ona – 98,9 ming, Samarqand – 93,9 ming, Surxondaryo – 76,2 ming, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 73,7 ming, Xorazm – 65,9 ming, Andijon – 65,7 ming va Namangan viloyati – 52,5 ming nafar.

Xo‘sh, raqamlar juda salmoqli. Ammo o‘z-o‘zidan o‘rinli bir savol tug‘iladi: kelgusi yillarda O‘zbekiston mehnat bozori shuncha yosh mutaxassisni qabul qila oladimi? Ularning barchasi uchun o’z yo’nalishi bo’yicha yetarlicha bo‘sh ish o‘rinlari topilarmikin yoki bitiruvchilarni kuchli raqobat kutyaptimi?

Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari