11:51, Iyul 9, 2026
/
340

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni endi jonli efirda kuzatish mumkin

2026-2027-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni onlayn kuzatish platformasi ishga tushirildi.

Endilikda oliy ta’lim muassasalarining sport, jurnalistika, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Platforma imtihonlarning ochiq, shaffof va xolis o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar, kuzatuvchilar va jamoatchilik imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari