14:08, Iyul 10, 2026
/
581

Sirtqi va kechki ta’limda uzrli sabablar ro‘yxati kengaydi

Sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uzrli sabab bilan fanlarni belgilangan muddatda o‘zlashtira olmasa, ularga shaxsiy o‘quv jadvali beriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, uzrli sabablar ro‘yxati aniq belgilandi.

Endilikda turmush qurish, farzandli bo‘lish, sud yoki tergov organlari tomonidan chaqirilish rasmiy ravishda uzrli sabab hisoblanadi.

Avvalgidek, kasallik, tabiiy ofatlar, xizmat safari, og‘ir oilaviy sharoit holatlari ham uzrli sabab sifatida saqlanib qoladi.

Shaxsiy o‘quv jadvali tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi va unda belgilangan muddat keyingi o‘quv yiliga o‘tmasligi kerak.

Fikrlar (0)
Avval yangilari