Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Test topshirish jarayonlari bu yil ham onlayn translyatsiya qilinmoqda

Oliy ta’limga kirishdagi bu yilgi test sinovlari ham videokuzatuv ostida o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu jarayon turli tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ota-onalar va keng jamoatchilik uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Jarayonni qanday kuzatish mumkin?
- test2026.uz manziliga o‘tasiz.
- Sayt menyusidan imtihon o‘tayotgan viloyat yoki shaharni tanlaysiz.
- O‘zingizni qiziqtirgan (yoki yaqiningiz imtihon topshirayotgan) ta’lim muassasasi yoki bino nomini ro‘yxatdan topasiz.
Shu orqali bino va auditoriyalar ro‘yxatidan kerakli qismni bosib, jarayonni real vaqt rejimida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти