08:17, Iyul 15, 2026
/
387

Test jarayonida mikrokalkulyatordan foydalanish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga asosan, bir qator holatlarni sodir etish abituriyentlarning testdan chiqarib yuborilishi va ularning natijalari e’lon qilinmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

➖Jumladan, test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilish, olib kirilgan taqdirda ulardan test sinovlari davomida foydalanish.

Unutmang, mabodo, olib kirsangiz-u, foydalanmasangiz ham natijalar baribir bekor bo‘ladi!

➖Shuningdek, test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish, bir-biri bilan gaplashish.

➖Test materiallarini binodan tashqariga olib chiqish yoki olib chiqishga urinish. Ularni tarqatish, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtish.

➖Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish.

Test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, u jarayondan avtomatik ravishda chetlatiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari