10:17, Iyul 16, 2026
/
4,7 тыс

1-kun natijalari e’lon qilindi, yana 4 nafar abituriyet testdan chetlashtirildi, endi eskicha “obyektivka” tizimidan voz kechiladi

So‘nggi 12 soat davomida oliy ta’limga oid qanday yangiliklar bo‘ldi?

1. 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

➖my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

➖mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

➖Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot

Test sinovlarining ikkinchi kuni (15-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 4 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

2. 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari davom etmoqda

Test sinovlarining ikkinchi kuni (15-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 62 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 4 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.

3. Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilandi:

➖ kadrlarni baholashda eskicha “obyektivka” usulidan butunlay voz kechilib, nomzodning bilimi, kasbiy tajribasi, psixologik xususiyatlari va liderlik qobiliyatini qamrab oluvchi portfolio tizimiga o‘tiladi;

➖ istiqbolli boshqaruvchilar raqamli texnologiyalar asosida 100 ballik mezon bo‘yicha baholanadi hamda sun’iy intellekt yordamida ular uchun individual rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi (tizim dastlab qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim va qurilish sohalarida sinovdan o‘tkaziladi);

➖ har ikki yilda 500 nafar istiqbolli boshqaruvchi saralab olinib, 2030-yilga qadar 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat yangi avlod rahbar kadrlar zaxirasi yaratiladi;

➖ agrar soha, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, sud-huquq, ta’lim, IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida rahbarlik lavozimlari uchun “Top 100” ochiq tanlovi o‘tkaziladi;

➖ 2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar” moduli ishga tushirilib, chet elda o‘qiyotgan yoshlar davlat idoralari va xususiy korxonalarga amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun biriktiriladi;

➖ “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlari hudud va tarmoqlarning aniq ehtiyojlariga bog‘lanadi, o‘qish xarajatlarini yirik korxonalar bilan birgalikda moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

➖ jamg‘arma bitiruvchilarining ilmiy tadqiqotlari va startaplari kichik grantlar orqali qollab-quvvatlanadi;

➖ yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun Singapur, Malayziya, Buyuk Britaniya va Yaponiya tajribasi asosida maxsus liderlik dasturlari tashkil etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari