10:06, Iyul 20, 2026
/
275

Akademik litseylarga kirish sinovlari uchun ruxsatnomalarni AL ning o‘zidan borib olish mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar e’lon qilinganligi haqida xabar berdi.

Talabgorlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz yoki my.gov.uz platformalarida shaxsiy kabinetga login va parollarni kiritgan holda onlayn olishlari mumkin. Shuningdek,bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan oflayn tarzda borib olish imkoniyati ham mavjud.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga kelishlari so‘ralmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari