11:41, Iyul 20, 2026
/
383

Pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi (videoqo‘llanma)

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistraturaga hujjat topshirishlari mumkin.

Arizalar 30-iyul (shu kuni ham) qadar my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasini olgan bo‘lishi.

Shuningdek, o‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining umumiy qabul parametrlari tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasining masofaviy ta’lim shakliga 200 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan.

Ariza topshirishni istagan pedagoglar hujjatlarni belgilangan muddat yakuniga qadar my.edu.uz platformasi orqali rasmiylashtirishlari mumkin.

Batafsil yo‘riqnoma👇

Fikrlar (0)
Avval yangilari