14:04, Aprel 9, 2025
/
222

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash ko‘rsatkichlari yaxshilaganmi?

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 2024-yil uchun eng korrupsiyalashgan davlat tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Agentlik tomonidan davlat tashkilotlari va idoralarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi 0 dan 100 ballgacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholandi .

Bunda 81 balldan 100 ballgacha, “qoniqarli” 55 balldan 80 ballgacha, “qoniqarsiz” 55 balldan past ball toʻplagan tashkilotga “yaxshi” baho berildi.

Qizil zonada yetakchilar uchligiga Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (9 ball), G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi (17 ball), Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi (26 ball) kirdi.

Antireytingda 4- o‘rinni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi egallab, atigi 28 ball to‘pladi. 5- o‘rinda Sulaymonov nomidagi sud-tibbiy ekspertiza markazi (38 ball), oltinchi o‘rinda Davlat ekologik ekspertiza markazi va “O‘zbekko‘mir” 48 balldan joy oldi.

Qayd etilishicha, yuqorida qayd etilgan organlar korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tartib-taomillari samaradorligini monitoring qilish va nazorat qilish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha muammolarni hal etish yuzasidan axborot taqdim etmagan, aniqlangan va baholangan korrupsiya xavfini minimallashtirish choralarini ko‘rmagan.

Eng ko‘p reyting ballini to‘plagan yetakchilar uchligiga Navoiy kon-metallurgiya kombinati (96 ball), Konchilik va geologiya vazirligi (95 ball) va Markaziy bank (94 ball) kirdi.

Soliq qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zbekiston xalqaro aeroporti” 92 ball to‘pladi.

Shuningdek bu reytingda 2023-yilgi reytingda “qoniqarsiz” baho olgan ayrim tashkilotlar 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurash ko‘rsatkichlarini yaxshilagani ma’lum bo’ldi;

Yoshlar masalalari agentligi – 85 ball (2023 yilda – 10 ball);

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi – 83 ball (2023 yilda – 28 ball);

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 82 ball (2023 yilda – 50 ball);

Shuningdek shu qatorda bir necha korrupsiya korsatkichlari yaxshilangan davlat tashkilotlari ham o’rin olgan.

Siz ham oliy ta’lim tizimida korrupsiyaviy holat yaxshilanganini sezdimgizmi?

Fikrlar (0)
Avval yangilari