08:53, Iyul 21, 2026
/
4,6 тыс

Davlat OTMlarida 11 ta yangi yo‘nalish: ular qaysi oliygohlarda mavjud?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliygohlarida abituriyentlar uchun yana 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi joriy etilmoqda. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlarga kirish uchun topshiriladigan test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihon fanlari bloklari ham rasman tasdiqlandi.

Xorijiy tillar va tarjimonlik sohasida:

  • Xitoy tili (Xorijiy til va adabiyoti);
  • Pushtu tili (Filologiya va tillarni o‘qitish);
  • Hind tili (Tarjima nazariyasi va amaliyoti);
  • Urdu tili (Tarjima nazariyasi va amaliyoti).

Moliya va boshqaruv sohasida:

  • Davlat auditi;
  • Islomiy moliya;
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi.

Yurisprudensiya sohasida:

  • Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
  • Raqamli huquq.

IT va sanoat sohasida:

  • Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik;
  • Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.

“Avlod Media” qabul kvotalarini tahlil qilib, yangi yo‘nalishlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro davlat universiteti, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon fakulteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi davlat texnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti va Farg‘ona davlat texnika universiteti kabi oliygohlarida ochilganini aniqladi.

Kvotalar sonini Telegram kanalimiz orqali topishingiz mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari