14:57, Iyul 21, 2026
/
5,7 тыс

IIV Akademiyasiga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul oʻtish ballari e’lon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim bakalavriatiga 2026/2027-oʻquv yili uchun nomzodlarni tanlash va qabul qilish boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi. Qabul jarayonida hududlar, yoʻnalishlar va tegishli vazirlik hamda idoralarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan nomzodlar uchun belgilangan oʻtish ballari quyidagicha taqsimlandi:

Hududiy boʻlinmalar va yoʻnalishlar boʻyicha oʻtish ballari:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV – 57,25 ball
  • Andijon viloyati IIB – 57,5 ball
  • Buxoro viloyati IIB – 59,5 ball
  • Jizzax viloyati IIB – 57,0 ball
  • Qashqadaryo viloyati IIB – 63,0 ball
  • Navoiy viloyati IIB – 58,75 ball
  • Namangan viloyati IIB – 57,25 ball
  • Samarqand viloyati IIB – 55,05 ball
  • Sirdaryo viloyati IIB – 58,0 ball
  • Surxondaryo viloyati IIB – 58,0 ball
  • Toshkent shahar IIBB – 50,0 ball
  • Toshkent viloyati IIBB – 55,0 ball
  • Fargʻona viloyati IIB – 57,25 ball
  • Xorazm viloyati IIB – 57,0 ball
  • Nomzod qizlar (IIVning idoraviy va harbiy akademik litsey bitiruvchilari) – 64,0 ball
  • Boshqa fuqarolar (fuqarolik ta’lim muassasalari bitiruvchilari) boʻlgan oʻgʻil bolalar – 63,75 ball
  • Boshqa fuqarolar (fuqarolik ta’lim muassasalari bitiruvchilari) boʻlgan qizlar – 65,25 ball
  • Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati ta’lim yoʻnalishi – 32,75 ball
  • Ekspert-kriminalistika faoliyati ta’lim yoʻnalishi – 52,43 ball

Tavsiyanomaga ega boʻlgan nomzodlar (imtiyozli kvotalar) uchun oʻtish ballari:

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari (5 foizli kvota): Maxsus kasbiy tanlov natijalariga koʻra oʻtish bali 54,0 ballni tashkil etdi.

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari (5 foizli kvota):

Mudofaa vazirligi – 48,0 ball

Ichki ishlar vazirligi – 62,0 ball

Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 52,0 ball

Davlat xavfsizlik xizmati – 45,0 ball

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati – 61,0 ball

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi – 77,0 ball

Milliy gvardiya hamda IIV Qoʻriqlash departamenti ofitser va serjantlarining farzandlari (2 foizli kvota): Oʻtish bali 45,0 ball etib belgilandi.

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari a’zolari (2 foizli kvota): Oʻtish bali 49,0 ballni tashkil etdi.

Eslatma: Oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar oʻqishga qabul qilingan hisoblanadi. Ular qachon va qanday tartibda IIV Akademiyasiga yetib kelishlari jamlovchi ichki ishlar organlari orqali yetkaziladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari