07:48, Iyul 27, 2026
/
570

Eksklyuziv: qashqadaryolik onaxon nabirasi bilan bir vaqtda bakalavr darajasiga erishdi

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Gulsum Xurramova 63 yoshida Qarshi davlat universitetining Tarix fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr darajasini qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati shundaki, fuqaro G. Xurramova oliy ta’lim muassasasiga o‘z nabirasi bilan bir vaqtda hujjat topshirgan va o‘quv jarayonlarini u bilan birgalikda yakunlagan.

G. Xurramova uzoq yillar davomida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, 2004-yilda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, 2012-yildan e’tiboran Nuriston shaharchasidagi “Kimyogar” mahallasida 13 yil raislik lavozimida ishlagan bo‘lsa, hozirgi kunda Nishon tumanidagi “Abdulla Qodiriy” mahallasida xotin-qizlar faoli vazifasida mehnat qilmoqda. Davlat rahbari tomonidan mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun joriy etilgan maxsus imtiyozga muvofiq, u 2020-yilda mazkur oliy ta’lim muassasasiga maqsadli tartibda qabul qilingan.

O‘zining asosiy xizmat vazifalaridan tashqari, onaxon xususiy tadbirkorlik sohasida ham ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan, u tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik sexiga “Kambag‘allikni qisqartirish reyestri”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar jalb etilib, ularga bepul kasb-hunar o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mazkur korxonada to‘rt nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari