13:33, Aprel 11, 2025
/
174

Vazirlar ishtirokidagi an’anaviy sport bayrami o‘tkazildi

Toshkent tibbiyot akademiyasida Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom  avlodning tayanch ustuni shiori ostida o‘tkazilgan sport bayrami bo‘lib o‘tdi. Akademiyaning Shifokor sport majmuasida Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni shiori ostida sport bayrami o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri v.v.b A.A.Xudoyorov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov, vazirlik mutasaddi xodimlari, TTAning 5000 nafardan ortiq talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Qariyb 20 yil davomida o‘tkazib kelinayotgan “Biz sog‘lom yurt farzandlarimiz ” sport bayrami nafaqat professional sportchilarni, balki o‘z sog‘lig‘i uchun barcha yoshdagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar, shuningdek sport ishqibozlarini ham jamladi va  Toshkent tibbiyot akademiyasidagi eng yirik, eng muhim sport tadbirlaridan biriga aylandi.

Tantanali tadbirni Sog‘liqni saqlash vaziri hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ochib berishdi.

Shundan so‘ng TTA rektori v.v.b Sh.A.Boymuradov so‘zga chiqib, eng nufuzli va yetakchi, 100 yillik tarixga ega bo‘lgan tibbiyot oliygohlaridan biri sanaladi. Akademiya bugungi kunda chin  ma’noda Raqamli (smart)  universitet, hozirda 7 ta fakultet hamda 56 ta  kafedra, 14 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, 48 ta magistratura mutaxassisliklari, 7 ta internatura mutaxassisliklari faoliyat olib borayotganligi, ayni kunda 1050 nafar professor o‘qituvchilar, shu jumladan, 168 nafar fan doktorlari, 337 nafar fan nomzodlari va dotsentlar, 548 nafarassistent va o‘qituvchilar 15 mingdan ziyod yoshlarga ta’lim berib kelmoqda. Talabalarimizning qariyb 2.000 nafarini xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar tashkil etishi, akademiyada ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun ulkan imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi. 

Tadbir Navo-shifo ansambli ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi. Shundan so‘ng sport paradi bo‘lib boshlandi, paraddan fakultetlar professor-o‘qituvchilari, TTA ko‘p tarmoqli klinikasi yetuk shifokorlari va xodimlari, TTA Yoshlar ittifoqi guruhi va Xotin-qizlar jamoalari, talabalar navbat bilan o‘tdilar.

Parad chiqishi “Harbiy orkestr marshi” jarangi ostida amalga oshirildi. Tomoshabinlar tomonidan bayramona kayfiyat yaratildi. Jamoalar parad maydoni o‘rtasiga yaqinlashganda har bir jamoalarga  ta’rif berildi.

Parad so‘ngida sport musobaqalarga start berildi. Sheyping, Bolajonlar o‘rtasida estafetali yugurish, Oilaviy estafeta, Talabalar o‘rtasida estafetali yugurish, Xodimlar o‘rtasida estafetali yugurish, Stol tennisi, Arqon tortish singari musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Sport bayramiga xalq suygan sevimli san’atkorlar, sport yulduzlari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining eng iqtidorli, izlanuvchan va yutuqlarga boy talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida musobaqalar g‘oliblari esdalik sovg‘alari, sertifikatlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Fikrlar (0)
Avval yangilari