11:49, Iyul 31, 2026
/
438

Ikkinchi mutaxassislik va perevod uchun arizalar qabuli davom etmoqda


2026-2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli yakunlandi.1 oy davomida talabgorlar tomonidan jami 65 ming 365 ta ariza kelib tushgan.

Bakalavr bosqichi test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliygohlar va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash davom etmoqda. Jarayon 8-avgustga qadar davom etadi. Yo‘nalish tanlashdagi batafsil videoqo‘llanma bu yerda.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgacha 17 ming 896 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha ham arizalar qabul qilinmoqda. Qabul jarayoni 5-avgustgacha davom etadi. O‘qishni ko‘chirish haqida videoqo‘llanma bilan tanishing.

Fikrlar (0)
Avval yangilari