07:07, Avgust 1, 2026
/
571

Talabalar turar joylari uchun arizalar qabuli boshlandi!

Bugun, 1-avgustdan boshlab talabalar my.gov.uz portali orqali yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 376-son qaroriga asosan amalga oshiriladi. Talabgorlar my.gov.uz portali orqali ariza qoldirishlari mumkin.

Joylar qanday taqsimlanadi?

Eng avvalo, yotoqxonadan o‘rinlar imtiyozli va ustuvorlikka ega talabalarga beriladi. Ulardan ortgan bo‘sh joylar esa umumiy ro‘yxatdagi talabalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurslar uchun: 55-65%
  • 2-kurslar uchun: 15-20%
  • 3 va undan yuqori kurslar uchun: 20-25%

Muhim eslatma: Joriy (2026/2027) o‘quv yilida talaba bo‘lgan yangi 1-kurslar mandat natijalari rasman e’lon qilinganidan keyingina ariza yubora oladilar. Umumiy arizalar qabuli esa o‘quv yili tugagunga qadar ochiq bo‘ladi.

Imtiyozli toifalar

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborishda quyidagi toifalar imtiyozli hisoblanadi:

Yangi qulaylik: birlashtirilgan xizmat

Endilikda yotoqxonaga joylashish va u yerda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish (“propiska”) jarayonlari bitta avtomatik xizmatga birlashtirildi.

Nimalar o‘zgardi?

  • Qog‘ozbozlikka barham berildi: Ilgari yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib boshqa idoralarga borish kerak edi. Endi bunga ehtiyoj yo‘q.
  • Avtomatlashgan jarayon: Arizangiz ma’qullangach, sizga elektron shartnoma va yo‘llanma keladi. Yotoqxona pulini to‘lashingiz bilanoq, tizim avtomatik tarzda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni shakllantiradi.
  • Tezkor qayd varag‘i: Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini qilishingiz bilan, sizga yashash joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingizni tasdiqlovchi hujjat (qayd varag‘i) taqdim etiladi.

Yodda tuting: Vaqtincha ro‘yxatga olinish muddati siz to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlanadi va yotoqxona shartnomasida ko‘rsatilgan muddat oxirigacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

Batafsil videoqo‘llanma bu yerda.

Fikrlar (1)
Avval yangilari