Uzrli sabab bilan o‘qishni ko‘chirishda ham to‘lov qilinadimi?

Uzrli sabab bilan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar transfer.edu.uz orqali qabul qilinadi. Bu turdagi arizalar uchun hech qanday to‘lov talab etilmaydi, shuning uchun shaxsiy kabinetda to‘lov invoysi ham chiqmaydi.
Bu arizalar Oliy ta’lim vazirligining ishchi guruhi tomonidan sentabr oyigacha ko‘rib chiqiladi. Agar darslar boshlanguniga qadar natija e’lon qilinmasa, talaba vaqtincha hozirgi OTMida o‘qishni davom ettiradi.
Xorijiy yoki nodavlat OTMdan davlat OTMiga o‘qishni ko‘chirish esa uzbmb.uz orqali amalga oshiriladi. Bu holatda arizangiz o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan OTMning ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bu yo‘nalish bo‘yicha to‘lov invoysi shakllanadi va uni 5-avgustgacha to‘lash kerak. Aks holda, abituriyentga imtihon ruxsatnomasi berilmaydi va u test sinovlarida qatnasha olmaydi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda.
O‘tish ballari to‘liq ro‘yxati rasmiy hujjati bu yerda 👇