Qaysi yo‘nalishlar talabalari diplomni olmasdan turib ham ishlashi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Ushbu ro‘yxat har yili yangilanib boradi, joriy yil uchun e’lon qilingan yo‘nalishlar esa quyidagicha:
| Pedagogika | Tarbiya |
| Boshlang‘ich ta’lim | Boshlang‘ich sinf fanlari |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi | Tasviriy san’at va chizmachilik |
| Musiqa ta’limi | Musiqa madaniyati |
| O‘zbek tili va adabiyoti | O‘zbek tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti | Qozoq tili va adabiyoti |
| O‘zga tilli guruhlarda rus tili | Rus tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: koreys tili va adabiyoti | Koreys tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti | Rus tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti | Qirg‘iz tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti | Qoraqalpoq tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: turkman tili va adabiyoti | Turkman tili va adabiyoti |
| Ona tili va adabiyoti: tojik tili va adabiyoti | Tojik tili va adabiyoti |
| Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili | Ingliz tili |
| Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili | Nemis tili |
| Xorijiy til va adabiyoti | Ingliz, nemis, koreys yoki fransuz tili |
| Chaqiriqqacha harbiy ta’lim | Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi | Huquq va tarbiya |
| Jismoniy madaniyat | Jismoniy tarbiya |
| Texnologik ta’lim | Texnologiya |
| Tarix | Tarix |
| Biologiya | Biologiya |
| Kimyo | Kimyo |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari | Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari |
| Geografiya | Geografiya |
| Fizika va astronomiya | Fizika va astronomiya |
| Fizika | Fizika va astronomiya |
| Matematika va informatika | Matematika va informatika |
| Matematika | Matematika |
| Professional ta’lim: Axborot tizimlari va texnologiyalari | Informatika va axborot texnologiyalari |
| Professional ta’lim: Texnologik mashinalar va jihozlar | Texnologiya |
| Professional ta’lim: Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi | Texnologiya |
| Aniq fanlar oliy maktabi: Sun’iy intellekt | Informatika, sun’iy intellekt va robototexnika |
| Aniq fanlar oliy maktabi: Matematika | Matematika |
| Aniq fanlar oliy maktabi: Axborot tizimlari va texnologiyalari | Informatika |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalarining 3- va 4-kurs talabalari uchun “Pedagog” platformasida ishga ariza topshirish tartibi soddalashtirilgani haqida ham xabar bergan edik.
Yangi maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirayotgan yuqori kurs talabalaridan diplom talab etilmaydi. “Diplomlar” bo‘limida maxsus ruxsat oynasi ochiladi va talaba qo‘shimcha hujjat yuklamasdan “Keyingisi” tugmasi orqali ariza topshirishni davom ettirishi mumkin.