15:29, Avgust 11, 2026
/
213

Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.

Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.

Eslatma: Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari