10:17, Avgust 13, 2026
/
1,5 тыс

“Hokimlar bor – hokimlarning naqshidir”: viloyat hokimi 856 nafar talabaning kontraktini to‘lab beradi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tomonidan qabul qilingan qarorga asosan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan bo‘lgan 856 nafar talabaning oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontraktlari qoplab beriladigan bo‘libdi. Buning uchun jami 3 milliard 780 million 600 ming so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Ushbu amaliy yordam yoshlarni qo‘llab-quvvatlash asnosida oilaviy sharoiti sababli kontrakt to‘lashga qiynalayotgan iqtidorli yoshlarning o‘qishni xotirjam davom ettirishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning oliy ma’lumotli bo‘lishi va munosib kasb egallashi uchun keng yo‘l ochadi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami arafasida ham aynan hokimning tashabbusi bilan umumiy 134 nafar xotin-qizning, qariyb 1 milliard 128 million so‘m toʻlov-kontrakti “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to’lab berilgan edi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari