10:13, Avgust 14, 2026
/
648

2 oliygoh ta’sischisi “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Prezidentning 2026-yil 13-avgustdagi farmoyishi bilan ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan uch nafar tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur mukofot milliy iqtisodiyot rivojiga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, tadbirkorlikda ilg‘or tajribalarni joriy etishga hamda yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarga beriladi.

Ta’lim sohasidan kimlar taqdirlandi?

– Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna – Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati.

– Ishmuxamedov Umidjon Kudratillayevich – Toshkent shahridagi “Edu Action” MChJ kuzatuv kengashi raisi. Shuningdek, “Millat Umidi” universitetiga asoschisi.

Farmoyishda qayd etilishicha, mukofotlangan tadbirkorlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.

Shuningdek, ularning biznesdagi natijalari va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki ham mukofotlashda inobatga olingan.

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati Prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari