Mandatdan norozimisiz – apellyatsiya bering!

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yakuniy imtihon natijalaridan norozi abituriyentlar tegishli tartibda natija yuzasidan appelyatsiya berishlari mumkin.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
Asosiysi, abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent esa xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
Agentlikning xabar berishicha, apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2026-yil 19-avgustdan boshlanadi.