08:08, Avgust 17, 2026
/
21,2 тыс

Super-kontrakt narxlari belgilandi

Termiz davlat universitetining 2026-2027-o‘quv yili uchun e’lon qilingan super-kontrakt miqdorlari loyihasi e’lon qilindi. Belgilangan narxlar ta’lim shakli va yo‘nalishga qarab sezilarli farq qiladi. Hujjatda kunduzgi ta’lim bo‘yicha 70 ta yo‘nalish, kechki va masofaviy ta’lim bo‘yicha esa 26 ta yo‘nalish ko‘rsatilgan.

Eng past narx – 29,6 mln so‘m

Kunduzgi ta’limda eng past super-kontrakt 29,6 mln so‘m etib belgilangan.

Bu miqdor:
– Arxeologiya
– Biologiya
– Kimyo
– Fizika
– Matematika
– Jismoniy madaniyat
– Ekologiya
– Sotsiologiya va boshqa qator yo‘nalishlarda qo‘llanadi.

O‘rtacha narx – 36,7 mln so‘m

Kunduzgi ta’limdagi 70 ta yo‘nalish narxlarining oddiy arifmetik o‘rtachasi taxminan 36,7 mln so‘mni tashkil qiladi. Ya’ni ko‘plab yo‘nalishlarda super-kontrakt 30–40 mln so‘m atrofida shakllangan.

Eng yuqori narx – 90 mln so‘m

Kunduzgi ta’limda eng yuqori super-kontrakt 90 mln so‘m.

Bu narx:
– Yurisprudensiya 
– Xalqaro munosabatlar 
– Davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishlari uchun belgilangan.

Kechki va masofaviy ta’limda esa eng past narx 34,492 mln so‘m, eng yuqori narx esa 89,992 mln so‘mni tashkil qiladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarning o‘rtachasi esa taxminan 43,4 mln so‘m.

Xulosa qilib aytganda, TerDUda super-kontrakt narxlari 29,6 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha.

Termiz davlat universiteti super kontrakt narxini ikki yilga bo‘lib to‘lashni ham taklif qilmoqda. Shuningdek, TerDUda ikkinchi mutaxassislik uchun super kontrakt miqdori 68,5 million so‘m etib belgilandi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari