3-4 oyda 1000-1500 dollar: O‘zbekistonda qisqa muddatda yaxshigina halol daromadga chiqish mumkinmi?

So‘nggi yillarda mehnat bozori shiddat bilan o‘zgarib, an’anaviy kasblar o‘rnini raqamli texnologiyalar egallamoqda. Hozirgi zamonda eng ko‘p daromad keltiradigan va barqaror o‘sishga ega bo‘lgan soha – shubhasiz, IT (Axborot texnologiyalari) hisoblanadi.
Bandlik va oylik maoshlar ko‘rsatkichi
Xalqaro kadrlar agentliklari va O‘zbekistondagi rasmiy bandlik portallarining (HeadHunter, ish.uz) doimiy ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) aynan dasturlash, ma’lumotlar tahlili va IT-menejment, kiberxavfsizlik yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi. Daromadlar masalasi esa sohaning eng “yoqimli” qismidir: O‘zbekiston sharoitida endigina 13-14 yoshga to‘lgan, biroq dasturlashni yaxshi o‘zlashtirib, real loyihalarda qatnashayotgan o‘smirlar ham oyiga 1000-1500 AQSh dollari atrofida daromad topishi odatiy holga aylanib ulgurdi. Malakali mutaxassislarning oylik maoshlari esa bundan bir necha barobar yuqori.
Muvaffaqiyatlilarning siri
Bill Geyts yoki Mark Sukerberg kabi jahonning eng boy insonlari aynan IT orqali dunyo darajasiga chiqqani va eng yirik sarmoyalar shu yo‘nalishda aylanayotgani hech kimga sir emas. E’tiborlisi, o‘zbekistonlik yirik biznesmenlar ham bu tendensiyani juda yaxshi anglab yetishgan. Ular kelajakni to‘g‘ri prognoz qilib, o‘z farzandlarini yoshligidanoq aynan dasturlash sohasiga yo‘naltirishmoqda. Masalan, taniqli o‘zbek tadbirkori Husan Mamasidov ham farzandining kelajagi uchun aynan IT yo‘nalishini tanlab, uni 14 yoshida maxsus akademiyaga o‘qishga bergani bu sohaning naqadar istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.
O‘qitish uchun ishonchli manzil qayerda?
Bozorda turli xil o‘quv markazlari ko‘p, ammo farzandni, uning vaqti va kelajagini qayerga ishonsa bo‘ladi? Poytaxtimizda amaliyot va real natijaga yo‘naltirilgan, eng ishonchli ta’lim dargohlaridan biri bu – “FintechHub” akademiyasidir.
Hozirgi kunda ushbu markazda 300 dan ortiq yoshlar dasturlash sirlarini mukammal o‘rganmoqda. Akademiyaning asosiy afzalligi shundaki, u yoshlarni shunchaki quruq nazariya bilan zeriktirmay, amaliyotda ishlaydigan kuchli mutaxassis qilib tayyorlaydi.
Milliarderlar tajribasidan ko‘rib turibsiz: diplomning o‘zi kelajakni hal qilmaydi. Yaxshigina daromadga chiqishni va IT sohasida o‘z yo‘lingizni boshlashni istasangiz, vaqtni boy bermang!
Bog‘lanish uchun
+998 (99) 086-91-33
Telegram: @fintech_qabul