08:49, Avgust 27, 2026
/
283

96 tadan 3 tagacha: O‘zbekiston viloyatlarida nechtadan OTM bor?

So‘nggi yillardamamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari soni yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa ta’lim olish imkoniyatlarining kengayib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi esa oliy ta’lim qamrovini kengaytirish jarayonining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Stat.edu.uz ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 205 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritib kelmoqda:

Toshkent shahri – 96 ta;

Toshkent viloyati – 17 ta;

Samarqand – 11 ta;

Qoraqalpog‘iston – 11 ta;

Buxoro – 10 ta;

Andijon – 9 ta;

Qashqadaryo – 9 ta;

Farg‘ona – 9 ta;

Xorazm – 8 ta;

Namangan – 7 ta;

Surxondaryo – 6 ta;

Jizzax – 5 ta;

Navoiy– 4 ta;

Sirdaryo– 3 ta.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarini birgalikda hisoblanganda 113 tani tashkil etadi. Ya’ni mamlakatdagi 205 ta OTMning 55 foizdan ko‘prog‘i ushbu ikki hududga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining ko‘pligi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishlari va shakllarini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi, hududda 3 ta OTM faoliyat yuritmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari