09:17, Avgust 27, 2026
/
332

Ostonada o‘zbekistonlik professor josuslikda gumonlanib ushlandi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Maqsut Narikbayev nomidagi universitet o‘qituvchisi, 46 yoshli o‘zbekistonlik professor Iqboljon Qoraboyev josuslikda ayblanib ushlandi.

Yaqinlarining ma’lum qilishicha, joriy yilning 3-iyul kuni fuqarolik kiyimidagi shaxslar professorning Ostonadagi uyiga kelib, uni olib ketishgan.

U Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 176-moddasi (josuslik – davlat sirlarini xorijiy tashkilotlar manfaatida to‘plash va berish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Asli andijonlik bo‘lgan 46 yoshli Iqboljon Qoraboyev O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U Ostonada rafiqasi va 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab, universitetda xalqaro aloqalar fanidan dars berib kelgan. Shuningdek, u Belgiyadagi BMT Universiteti institutida (UNU-CRIS) katta ilmiy xodim bo‘lgan

O‘zbekistonning tegishli vazirlik va konsulligi, shuningdek, professor faoliyat yuritgan universitet va BMT instituti hozircha ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. 

Fikrlar (0)
Avval yangilari