09:38, Avgust 27, 2026
/
693

Tezkor: endi Toshkentdagi oliygohlarda darslar soat 08:00 dan boshlanadi

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi. Xabar poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish sababi bilan izohlanmoqda.
Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Hozircha ushbu yangilik 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlari uchungina kuchga kirgan.

Sizning yangilikka munosabatingiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring.

Fikrlar (0)
Avval yangilari