11:26, Avgust 27, 2026
/
2,0 тыс

Yana imtiyoz: bu safar kimlarga, qaysi shartlar asosida beriladi?

2026-yil 26-avgust Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’limga qabul bo‘yicha yangi tartib ro‘yxatdan o‘tkazildi (3931-raqam). Endilikda “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari hamda ayrim sport musobaqalari g‘oliblariga oliygohga kirish uchun maxsus tavsiyanomalar beriladi.

Bu tavsiyanoma qanday imtiyoz beradi?

Ushbu tavsiyanomani qo‘lga kiritgan abituriyentlarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi. Ya’ni, ular imtihonda (test yoki yakuniy suhbatda) o‘zlari to‘plagan ballga qo‘shimcha ravishda yana 5% ball qo’shib olinadi.

Amal qilish muddati

Tavsiyanoma olingan kundan boshlab 3 yil davomida kuchga ega bo‘ladi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Hujjat Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” harakati tomonidan quyidagi 4 toifadagi yoshlarga taqdim etiladi:

➖A’lochi bitiruvchilarga: “Vatan tayanchi” harakatida faol qatnashgan va o‘z ta’lim dargohini a’lo baholar bilan tamomlagan otryadning 1 nafar a’zosiga; (Bunga barcha turdagi ta’lim muassasalari kiradi: davlat va xususiy maktablar, Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litsey hamda texnikumlar)

➖“Jasorat maktabi” a’lochilariga: Ushbu maktabni a’lo baholar bilan bitirgan har bir “Vatan tayanchi” otryadidan 1 nafar a’zoga;

➖“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari g‘oliblariga: Ushbu harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;

➖“Shijoat va g‘ayrat” tanlovi g‘oliblariga: Mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu musobaqaning respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga.

Qisqa qilib aytganda, bu imtiyoz barcha OTMlar uchun emas, balki aynan harbiy va huquqshunoslik yo’nalishidagi oliygohlar uchun amal qiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari